Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Neymar Braziliyani tark etdi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Neymar, Futbol, Sport

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Venesuelaga qarshi JCh–2018 saralash bosqichi o`yini oldidan milliy terma ixtiyorini tark etdi. Bu haqda Marca nashriga tayanib, “Championat.com” xabar bermoqda.

“Barselona” futbolchisi to`planib qolgan sariq kartochkalari tufayli bo`lajak o`yinda ishtirok eta olmaydigan bo`ldi. Shu sababli unga Braziliyani tark etishga ruxsat berishdi. Braziliya va Venesuela o`rtasidagi o`yin 12 oktyabr kuni bo`lib o`tadi. 

Eslatib o`tamiz, bundan avval Braziliya Boliviyaga qarshi bahs olib borib, 5:0 hisobida zafar quchgandi. Neymar o`sha o`yinda 1 ta gol kiritgan. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии