Polshalik futbolchi Arkadiush Milik ertaga jarroh stoliga yotadi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport
Добавлено: 10.10.2016, 17:23

Polsha terma jamoasi va “Napoli” klubi hujumchisi Arkadiush Milik Daniyaga qarshi (3:2) JCh–2018 turniri saralash bosqichida jarohat olgandi.

“iSport.ua” nashrining xabar berishicha, 22 yoshli futbolchi ertaga jarroh stoliga yotadi. Uning chap tizza xochsimon to`qimalari uzilgan edi.  Buni neapolliklar matbuot xizmati ham tasdiqladi.

Futbolchining operasiyadan so`ng tiklanishi uchun kamida bir oy kerak bo`ladi

Joriy mavsumda Arkadiush Milik A Seriyaning 7 o`yinida maydonga tushib, to`rtta gol urishga muvaffaq bo`ldi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии