Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

To`lachadan kelgan ayollar uchun Evelina Xromchenkodan maslaxatlar

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар: Moda, Ayol
Добавлено: 11.10.2016, 10:20

1.      Qomati to`ladan kelgan ayollar garderobida, albatta, ularning bo`ylarini baland ko`rsatuvchi kiyimlar bo`lishi shart.

2.      Qaymoq rang tufli oyog`ingizni uzunroq va bo`yingizni balandroq ko`rsatadi, qolaversa bu rangdagi poyabzal istalgan rangli kiyim bilan moslashaveradi.

3.      To`lachadan kelgan ayollarimizga ko`krak qismi yopiqroq liboslar tavsiya etiladi. Shuningdek, bo`yinga qavat-qavatli yoki yirik taqinchoq taqish ham asqatadi.

4.      Garderobingizda, albatta, yopinchiqli ko`ylaklar bo`lsin. Bunday yopinchiqlar yordamida qomatdagi nuqsonlarni berkita olasiz.

5.      Yana bir maslahat – to`q rangli jemper yoki yoqasi V-ko`rinishidagi pidjak sotib oling. Agar bunday pidjakni, klassik uslubdagi qora shim va poshnali tufli bilan kiysangiz, oyoqlaringiz uzun va ozg`in ko`rinadi.

6.      Garderobda bir xil rang va uslubdagi kiyimlar bo`lmasin. Rang va uslub borasida tajriba qilishdan cho`chimang. Yorqin rangdagi zamonaviy taqinchoqlardan ham foydalaning.

7.      Vertikal chiziqli kiyimlar to`lachadan kelgan ayollarga juda ham yarashadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25