Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Joze Mourino “MYu” rahbariyatidan meksikalik futbolchini sotib olishni so`radi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport

“Manchester Yunayted” jamoasi ustozi Joze Mourino klub rahbariyatidan “Portu” yarim himoyachisi,  meksikalik Ektor Errera sotib olishni so`radi. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, 26 yoshli meksikalik futbolchi qishki transfer oynasida mankunianlar a`zosiga aylanishi kutilmoqda.

Yozda Erreraning xizmatlariga “Napoli” qiziqish bildirgandi, ammo futbolchining o`zi neapolliklar taklifini rad etgan.

Ma`lumot uchun, o`tgan mavsumda Errera 38 o`yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии