Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Sanjar Tursunov “Vorskla”ning moliyaviy holatidan shikoyat qildi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Futbol, Sport, O`zbekiston
Добавлено: 17.10.2016, 12:20

Poltavaning “Vorskla” klubi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov jamoasida hamon moliyaviy tanglik saqlanib qolayotganini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.

Hamyurtimiz to`p tepayotgan “Vorskla” klubi futbolchilari 8 oydan beri maosh olishmayapti. Bu ma`lumotni Tursunovdan tashqari klub xo`jayini Konstantin Jevago ham tasdiqlagan.

“Jamoamizda hech qanday ijobiy o`zgarish yo`q. Avval qanday bo`lsa, hozir ham shundayligicha qolmoqda. Klubga yangi xo`jayin kelgan paytda endi o`zgarish bo`ladi, deb o`ylagandik. Men-ku avgust oyida keldim, bolalar yil boshidan beri o`ynashyapti. Mayli, kutaylikchi, o`zgarish bo`lib qolar”, — dedi 29 yoshli Tursunov klubning moliyaviy holati haqida.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jamiyat

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

SUG'DIYONA