Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Toshkentda jahon fizikasining dolzarb masalalariga bag`ishlangan xalqaro simpoziumi bo`lib o`tadi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Toshkent
Добавлено: 17.10.2016, 17:09

Poytaxtimizda 10-11 noyabrda «Fundamental va amaliy fizika rivojining yangi tendensiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar» mavzuida xalqaro simpozium bo`lib o`tadi.

Simpozium bugun jahon fizikasidagi fundamental va amaliy masalalarni muhokama qilish bilan birga o`zbek fizika maktabining salohiyatini xalqaro miqyosda yana bir bor keng namoyish etish imkonini beradi.

Xalqaro anjumanda mamlakatimizdan tashqari Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSh, Xitoy, Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Ispaniya kabi 25 davlatdan 200 dan ziyod olim va tadqiqotchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Xalqaro simpoziumda to`rt yo`nalish – nazariy fizika va astrofizika, eksperimental fizika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va yangi materiallar borasidagi muammolar, yutuqlar va istiqboldagi yangi tendensiyalar muhokama etiladi, deya xabar beradi O`zA.

Simpoziumda jahon fizikasidagi dolzarb fundamental va amaliy masalalar haqida ma`ruzalar tinglanadi, o`zaro fikr almashiladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.11.2017, 10:37
21.11.2017, 10:33

SUG'DIYONA