Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

«Rohatijon» qaylasi - issiq taom ixlosmandlari uchun...

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар: Taom
Добавлено: 18.10.2016, 14:10

Zarur masalliqlar (6 kishilik): 200 gr. tovuq go`shti, 4 ta kartoshka, 2 ta qizil bulg`or qalampiri, 6-7 bo`lak sarimsoq piyoz, 1 ta piyoz, 100 gr. qattiq pishloq, ta`bga ko`ra qotirilgan non, tuz, murch, kashnich, shivit.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shti va kartoshkani o`rtacha kattalikda to`rtburchak qilib to`g`rab, qizdirilgan yog`da qovuring. Piyoz va bulg`or qalampirini somoncha shaklida kesib, tovuq go`shtiga qo`shing.

2. Sarimsoq piyozni ezib, qora murch va tuz bilan aralashtiring-da, qozonga soling. Qovurilayotgan masalliqlar ustidan 2 litr suv qo`shib, o`rta olovda 30 daqiqa qaynating. Suzishdan 10 daqiqa avval mayda to`g`ralgan ko`katlarni qo`shing.

3. Sho`rvani dasturxonga tortishda kosalarga solib, ustidan qotirilgan non bo`laklari bilan bezatiladi.

Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

Savol-javob