Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

“Volfsburg” bosh murabbiyi qoniqarsiz natijalar tufayli ishidan ayrildi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Futbol, Sport
Добавлено: 18.10.2016, 15:08

Germaniyaning “Volfsburg” jamoasi rahbariyati bosh murabbiy Diter Xekkingni iste`foga chiqardi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.

Jamoa  sport direktori Klaus Allofs Diter Xenningga qoniqarsiz natijalar oqibatida rahbariyat uni bo`shatishga qaror qilganini aytdi. “Volfsburg” Germaniya chempionati 7-turidan keyin 6 ochko bilan 14-o`rinda bormoqda.

Ma`lum qilinishicha, “Volfsburg” yoshlar jamoasi ustozi Valeren Ismael vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarib turadi.

Ma`lumot o`rnida, Diter Xekking “Volfsburg”ni 2012 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. 2015 yili jamoa uning qo`l ostida mamlkakat kubogi va Superkubogini qo`lga kiritgandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA