Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Bolajonlar uchun taomnoma

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар: Mahsulot, Taom
Добавлено: 19.10.2016, 09:25

Quvnoq asalarilar

Qaynatilgan kartoshkani ezib, 2 osh qoshiq smetana, 3 osh qoshiq qirg`ichdan o`tkazilgan pishloq va tuz bilan aralashtiring. So`ng suratdagidek shakl bering. Baqlajon po`stini yupqa archib, asalari chiziqlarini hosil qilasiz.

Mini pissa

Xamiri: uvalanuvchi xamir resepti. Ichiga: qaynatilgan go`sht yoki kolbasa, pomidor va pishloq.

O`rtacha aylana shaklda yoyilgan xamirga parraklangan go`sht (yoki kolbasa), pomidor solib, qirg`ichdan chiqarilgan pishloq sepiladi.

Chempionlar nonushtasi

Non bo`laklarini quruq tovada qizartirib oling. Ikkinchi tarafini o`girgach, ichiga bir dona tuxum chaqiladi. Ustiga yana bir bo`lak non qo`ying.

Rangli quymoqlar

Odatdagidek quymoq xamirini tayyorlang-da, uch qismga ajrating. Biriga qizil lavlagi, ikkinchisiga sabzi va uchinchisiga qizil+sariq ranglar aralashmasini qo`shing. Rangli quymoqlarni pishirib olgach, ichiga tvorog yoki smetana solib, o`rab chiqasiz.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25