Andre Villash-Boash murabbiysiz qolgan “Volfsburg”ni boshqarishi mumkin

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport
Добавлено: 19.10.2016, 15:52

Avval xabar berganimizdek, “Volfsburg” jamoasi rahbariyati klub bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Diter Xenningni qoniqarsiz natijalar tufayli iste`foga chiqargandi.

“iSport.ua” nashrining xabar qilishicha, 39 yoshli portugaliyalik mutaxassis Andre Villash-Boash “Volfsburg”ni boshqarishi mumkin. Villash-Boash ayni damda nemis tilini o`rganmoqda. Mutaxassis nemis tili darsliklari tushirilgan suratni “Instagram” sahifasiga yukladi.

Eslatib o`tamiz, hozirda “Volfsburg” yoshlar jamoasi ustozi Valeren Ismael vaqtincha asosiy jamoaning bosh murabbiyi vazifasini bajarib turibdi.

Ma`lumot uchun, “Volfsburg” Germaniya chempionati 7-turidan keyin atigi 6 ochko bilan 14-o`rinda bormoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27