IHT TIVKning Toshkentda o`tgan 43-sessiyasi ishtirokchilari O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 20.10.2016, 00:04

 

Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkentda o`tgan 43-sessiyasi ishtirokchilari 19 oktyabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. 

Mehmonlar O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur`on tilovat qilindi. 

Buyuk Yo`lboshchimizning mustaqil O`zbekiston davlatini barpo etish va uni har tomonlama rivojlantirishdagi beqiyos xizmatlari yodga olindi. Yurtimizdagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, buyuk ajdodlarimiz nomi bilan bog`liq maskanlarni obod etish, xalqimizning ma`naviy merosini tiklash va asrab-avaylash borasida Birinchi Prezidentimiz ulkan jasorat, e`tibor va g`amxo`rlik ko`rsatgani alohida ta`kidlandi. 

Mehmonlar Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli, Mirzo Ulug`bek muzeyi va rasadxonasi bilan tanishdi. 

Mehmonlar Samarqand avtomobilsozlik kolleji hamda Iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-akademik liseydagi ta`lim jarayonlari bilan tanishdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии