Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Andijonda ikki o`spirin birovning Nexia`sini olib qochdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Avto
Добавлено: 21.10.2016, 16:49

Andijon viloyati Baliqchi tumani IIB navbatchilik qismiga shu tumanda yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o`zining “Neksiya” rusumli avtomobili noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini uyi oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma`lum bo`lgan.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Oltinko`l tumanida topilgan. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Baliqchi tumanida yashovchi 16 yoshli ikki nafar fuqaro bo`lib chiqdi. 

Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25