Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Ishlaydigan ayollar uchun 20 daqiqalik yoga

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар: Salomatlik, Ayol
Добавлено: 22.10.2016, 11:40

Ish kuningiz tig`iz. Tushlik qilishga arang vaqt topasiz. Ammo bu salomatligingiz uchun bahona emas-da. Har kuni 15 daqiqa vaqt topib, quyidagi yoga mashqlarini bajaring. Mashqlar uchun ortiqcha jismoniy harakat talab qilinmaydi. Ixlos qilsangiz bo`lgani.

 

  1. Qaddingizni tik tuting. O`tirgan holatda qo`llarni yuqoriga ko`taring-da, huddi gavdani yuqoriga cho`zayotgandek his eting. Bu mashqni ikki-uch marta takrorlash kifoya.
  2. O`tirgan holatda qo`llarni kurak orqasida birlashtiring. Chuqur nafas oling. Ko`zlarni yumib olsangiz ham bo`ladi.
  3. Navbatdagi mashqni iloji bo`lsa, deraza oldida bajarganingiz ma`qul. Kursiga suyanib, gavdani suratdagi kabi ko`rinishga keltiring. So`ngra oyoqlarni harakatlantirmay, gavdani oldinga cho`zing.
  4. Tanangizni bo`shashtiring. Qo`llarni stol ustiga qo`yib, boshni pastga engashtirasiz. Bu holatda ko`zlar yumuq bo`lishi kerak. Mashqni 5 daqiqa davomida bajaring.
  5. Kursiga qulay joylashib oling. Qo`llaringiz bilan kursini ushlang. Oyoqlarni oldinga tekis cho`zing-da, 3 daqiqa davomida shu holatni ushlab turing.
  6. Mashq yakunida boshingizni kursi ustiga qo`yib, 10 daqiqa dam oling. 
Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA