Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

O`zbekistonda benzinga yangi narxlar belgilandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

O`zbekistonda 23 oktyabrdan e`tiboran AYoQShlarda benzin narxi oshadi. Ushbu ma`lumotni «Gazeta.uz» nashriga yangi narxlar osib qo`yilgan ayrim AYoQSh xodimlari ham tasdiqlashdi.

Yangi tarifga ko`ra Ai-80 markali benzin narxi 2075 dan 2800 so`mga (34,9%), Ai-91 —2280 dan 3000 so`mga (+31,6%), Ai-95 —2505 dan 3300 so`mga (+31,7%) oshadi.

Avtomobil yoqilg`isi narxi mamlakatimizda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi. Qaror 22 oktyabr kuni e`lon qilindi.

Bungacha benzin narxi 2014 yilning yanvarida 20% oshgandi. Keyin benzin narxi 2015 va 2016 yillarda iste`mol solig`i stavkasi o`zgarganligi munosabati bilan (25 va 45 so`mga) ko`tarilgan.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии