Turkiyaning M&S fabrikasida suriyalik qochoqlarning bolalari ishlashi aniqlandi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Ish, Bola, Turkiya
Добавлено: 24.10.2016, 15:59

Turkiyada Bi-bi-si jurnalistlari tomonidan o`tkazilgan tekshiruvda Britaniyaning Marks & Spencer (M&S) magazinlar tarmog`iga kiyim etkazib beruvchi korxonalarda suriyalik qochoqlarning voyaga etmagan farzandlari ishlashi aniqlandi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri. 

Bu bolalarning ba`zilari endigina 15 yoshga kirgan bo`lib, ular fabrikada himoya choralarisiz 12 soatlab turli kimyoviy vositalar bilan ishlagan.

“Bizga kiyim etkazib berilayotgan korxonada suriyalik voyaga etmagan bolalarning ishlashini eshitib, hayratga tushdik. Bu jiddiy muammo va bunga yo`l qo`yib bo`lmaydi”, deb ma`lumot berdi M&S kompaniyasi vakili.

Korxona bilan hamkorlik qilgan xalqaro ASOS onlayn-riteyleri ham bu voqeadan bexabarligini ta`kidlagan. Hozirgi kunda Turkiya hududida uch milliondan ortiq suriyalik qochoqlar istiqomat qilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08