Ulug`bek Rahmatullaevning konsertiga 5 ta horijiy davlatdan muxlislar tashrif buyuradi

Бўлимлар: Shou-biznes
Добавлено: 24.10.2016, 16:16

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev 9-10-11-12-13 noyabr kunlari “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadigan “Qirmizi olma” deb nomlangan konsert dasturiga oid ayrim sirlarni oshkor etdi. 

 “2016 yilgi yakkaxon konsertimga xorijlik muxlislarimni ham taklif etdik. AQSh, Rossiya, Hindiston, Turkiya, Qozog`iston kabi davlatlardan tinglovchilarim tashrif buyurishyapti. Ular biz bilan internet orqali bog`lanib, mehmon bo`lmoqchiligini aytishganda, chiptalar borasida yordam berdik”,—deydi xonanda.

Ulug`bek Rahmatullaevning konserti bilan bog`liq qiziqarli ma`lumotlar bilan “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida tanishishingiz mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии