Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Saudiyalik yigit to`ydan 2 soat o`tgach, ajrashishga ariza berdi. Sababi...

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: To`y, Oila, Er-xotin
Добавлено: 25.10.2016, 11:19

Saudiya Arabistonida yashovchi yigit to`ydan ikki soat o`tgach, kelinning fotosuratlari sababli ajrashish uchun ariza berdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Qiz nikoh shartonomasida ko`rsatilgan bandlar talabini buzib, ijtimoiy tarmoqqa o`z fotosuratlarini joylagan. Nikoh shartnomasida esa uning ijtimoiy tarmoqqa fotosurat qo`yishga haqqi yo`qligi belgilangan.

“Ming afsuski, singlim shartnoma shartlarini buzdi. U to`yda tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoq orqali dugonalariga yuborgan. Bundan kuyovning jahli chiqib, nikohni bekor qildi”, dedi kelinning akasi.

Kelin-kuyovning qarindoshlari bu masala yuzasidan tortishib qolishdi. Kelinning ota-onasi kuyovni nohaqlikda ayblagan bo`lsa, kuyovning ota-onasi esa o`g`lining nikohni bekor qilishga haqqi borligini isbotlashga harakat qildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes