Turkiyaning Antaliya shahrida portlash yuz berdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Terakt
Добавлено: 25.10.2016, 12:01

Turkiyaning Antaliya shahrida joylashgan Savdo-sanoat palatasi binosi yonida kuchli portlash yuz berdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, Savdo-sanoat palatasi yonida avtomobil turargohida turgan avtomashina portlagan. Oqibatda avtoturargohda turgan bir necha avtomobil portlab ketgan.

Voqea joyiga polisiya va tez yordam xizmati xodimlari etib kelgan. Hozircha qurbonlar haqida ma`lumotlar yo`q.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии