Devid Bekxem “Real”ga qaytmoqda

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport, Real madrid
Добавлено: 25.10.2016, 16:32

Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem yaqin kunlar ichida “Real” klubining elchisiga aylanadi, deb xabar bermoqda iSport.ua nashri.

Ta`kidlashicha, 41 yoshli Bekxem AQShda “Real” brendining nufuzini oshirishga yordam beradi. U 2007–2012 yillar davomida “Los-Anjeles”da to`p surgan va amerikalik muxlislar uni yaxshi tayindi.

Devid Bekxem 2003–2007 yillar davomida Madridning “Real” sharafini himoya qilgan va barcha turnirlarda 155 o`yin o`tkazgan.

Bunga qadar esa u “Manchester Yunayted”da 11 yil davomida to`p surgan. Devid Bekxem futbolchilik faoliyatini 2013 yilda yakunlagan edi. Uning so`nggi klubi Fransiyaning “PSJ” klubi bo`lgan. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии