Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

“Lokomotiv” O`zbekiston Kubogi yarim final ilk o`yinida “Bunyodkor”dan ustun keldi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport

O`zbekiston Kubogi yarim final ilk o`yini doirasida “Lokomotiv” o`z maydonida “Bunyodkor” futbolchilarini qabul qildi. Mazkur uchrashuvda 1:0 hisobi qayd etilib, “temiryo`lchilar” foydasiga hal bo`ldi.

Uchrashuvdagi yagona gol 84-daqiqada Sardor Mirzaev tomonidan kiritildi. Jamoalar o`rtasidagi javob o`yini “Bunyodkor” maydonida bo`lib o`tadi. O`sha uchrashuvda ikkinchi finalchi nomi ma`lum bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Kubogining dastlabki final yo`llanmasi “Nasaf”ga tegishli.

O`zbekiston Kubogi, 1/2 final

“Lokomotiv” – “Bunyodkor” 1:0

Gol: Sardor Mirzaev (84)

“Lokomotiv”: Ma`mur Ikromov, Boburbek Yo`ldoshev, Kaxi Maxaradze, Server Jeparov, Marat Bikmaev, Temurxo`ja Abduxoliqov, Nemanya Yanichich, Sardor Mirzaev, Salim Mustafoev, Islom To`xtaxo`jaev, Sanjar Shoahmedov (Kapadze).

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Akromjon Komilov, Javlon Ibrohimov, Sato Minori, Eldor Shomurodov, Shahzodbek Nurmatov, Dilshod Ahmadaliev, Dostonbek Hamdamov, Rustamjon Ashurmatov, Otabek Shukurov, Yurisa Bulyat.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии