Aktyor Dilshodbek Kattabekov muxlislarini qo`rqitib yubordi(Foto)

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Avto, YTH, Fojia, Shou-biznes, Film, Aktyor
Добавлено: 26.10.2016, 11:29

Aktyor Dilshodbek Kattabekov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylagan surati bilan muxlislarini xavotirga soldi. 

Gap shundaki, mazkur suratda Dilshodbek yo`l-transport hodisasi oqibatida majag`langan avtomobil yonida turibdi. Buning ustiga uning kiyimlari yirtilgan va yuzi jarohatlangan. Dilshodbek bu suratni “Yo`l qoidasi—umr foydasi” deya izohlagan. 

Suratga izoh yozayotgan internet foydalanuvchilari aktyordan yo`l harakati qoidalariga rioya qilishni so`ramoqda. Ayrimlar esa aktyorning majag`langan avtomobil yonida suratga tushishini qoralagan. 

Aslida esa bu surat Dilshodbek rol ijro etayotgan filmdan bir lavha, xolos.  Avvalroq, aktyor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali suratga olish jarayoni Farg`ona viloyatida bo`lib o`tayotgan yangi filmda ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27