O`zbekistonning har bir tumanida ikkitadan kollej zallari kinozalga moslashtiriladi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Kino, O`zbekiston
Добавлено: 26.10.2016, 14:52

Joriy yilning 21 oktyabr kuni “O`zbekkino” Milliy agentligining 2016 yil 9 oylikdagi faoliyati yakunlariga bag`ishlangan kengaytirilgan yig`ilish bo`lib o`tdi. Agentlik rahbari Atabek Musaev raisligida o`tgan yig`ilishda agentlik markaziy apparati mas`ul xodimlari, tizimdagi korxona va tashkilotlarning hamda hududiy bo`limlarning rahbarlari qatnashishdi.

Kengaytirilgan yig`ilishda agentlik tizimida 2016 yil 9 oylikda amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, har bir tuman-shahardan ikkitadan kollejni tanlab olib, ularning faollar zallarini kinozalga moslashtirish, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisiga tayyorgarlik ko`rish jarayonida agentlikning Qoraqalpog`iston Respublikasi va Farg`ona viloyati hududiy bo`limlarida o`tkazilgan o`rganishlar natijalari to`g`risida tayyorlangan hisobotlar tinglandi.

Yig`ilish davomida tizim tashkilotlari va hududiy bo`limlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish hamda 2017 yilga mo`ljallangan ish rejalarini shakllantirish, “PROlogue” – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar II Respublika festivalini yuqori saviyada o`tkazish bilan bog`liq bir qator masalalar ham ko`rib chiqildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии