“Barselona” Kataloniya Superkubogidan mosuvo bo`ldi (Video)

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport
Добавлено: 26.10.2016, 15:04

Ispaniyaning Tarragona shahrida Kataloniya Superkubogi–2016 Kataloniya shahrining ikki vakili – “Barselona” va “Espanol” o`zaro bahs olib bordi.

iSport.ua nashrining ma`lum qilishicha, uchrashuvda Kaysedo tomonidan kiritilgan yagona gol “Espanol”ga g`alaba keltirdi. Deyarli ikkinchi tarkib bilan o`ynagan “Barselona” norasmiy bo`lsa-da, kubokdan mosuvo bo`ldi

“Barselona” – “Espanol” 0:1

Gol: Kaysedo, 10

“Barselona”: Masip, Nili, Marlon, Mate (Xose Martines, 72), Moyses (Palensiya, 72), Karbonel (Sarsanedas, 76), Andre Gomesh, Denis Suares, Arda Turan (A. Roberto, 72), Alenya, Alkaser.

“Espanol”: Ximenes, Melendo (Aaron, 83), Demikelis, Duarte, Reyes, Xurado, Roka (Xavi Fuego, 78), Salva Sevilya, Viktor Alvares, Reyes (Viktor Sanches, 68), Kaysedo (Jerar Moreno, 63).

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08