Bir kechada Italiyada 70 marotaba zilzila sodir bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Zilzila
Добавлено: 27.10.2016, 14:03

Italiyaning markaziy qismida kecha, chorshanba kuni kechqurun 5, 4 magnitudali ilk zilzila ro`y bergan bersa, tuni bilan ularning soni 70 taga etdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.  

Italiya Milliy geofizika va vulkanologiya institutining bergan ma`lumotiga ko`ra, zilzila epimarkazi Macherat viloyatida, 9 kilometr chuqurlikda bo`lgan. Italiyaning to`rtta — Umbriya, Lasio, Marke va Abrusso viloyatlarida, Rim, Florensiya, Akvil, Perudja shaharlarda zilzila kuchli sezilgan.

Italiya aholisi uylarini tark etib, tunni avtomashinalarda o`tkazgan. Visso, Ussita, Kastelanjelo-sul-Nera, Kamerino, Akuasanta Terme va Fabriano aholi punktlari jiddiy talofot ko`rgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии