Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

AQSh harbiylari DAIShning yangi teraktlar tayyorlayotganini ma`lum qildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Terror, DAISh
Добавлено: 27.10.2016, 15:14

AQSh harbiylari Suriyaning Rakka shahrini ozod etish bilan shug`ullanayotgan bir paytda, DAISh terrorchilari mamlakat chegarasida yangi teraktlar tayyorlamoqda. Bu haqda AQSh qo`shinlarining Suriya va Iroqdagi qo`mondoni Stiven Taunsend so`zlariga asoslanib, “Segodnya.ua” xabar bermoqda

Ma`lum bo`lishicha, terroristik hujumlar Rakka shahrining o`zida o`tkazilishi rejalashtirilgan. 

“Bilishimizcha, ular nimagadir hozirlik ko`rmoqda. Bu hujum mamlakat tashqarisidan bo`lishi ham mumkin. Shunisi aniqki, tayyorgarlik Rakkaning o`zida yuz bermoqda.  O`ylashimizcha, biz Rakkaga tez orada etib borishimiz kerak”,—deydi qo`mondon.

Shuningdek, generalning aytishicha, ularda hozircha terrorchilar aniq qaysi hududga hujum qilishi haqidagi ma`lumotlar yo`q.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA