O`zbekistonlik ayol hakam qizlar o`rtasidagi Osiyo chempionati U-19 saralashida ishlamoqda

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport, O`zbekiston
Добавлено: 28.10.2016, 12:10

O`zbekistonlik ayol hakamlar ayni vaqtda kelasi yili Xitoyda o`tkaziladigan 19 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslarini boshqarib bormoqda. Bu haqda ma`lumotni O`FF matbuot xizmati berdi.

Osiyo Futbol Konfederasiyasi taklifiga ko`ra bosh hakam Edita Mirobidova hamda qanot hakami Zilola Rahmatova saralashning “A” guruhi doirasidagi o`yinlarni boshqarish uchun Xitoyning Nankin shahriga etib borgan bo`lsa, Anna Sidorova hamda Kristina Sereda saralashning “D” guruhi doirasidagi o`yinlarni boshqarib borish uchun Vetnamning Xanoy shahriga yo`l olgan.

Ta`kidlash kerakki, Xitoydagi "A" guruhi o`yinlari va Vetnamdagi “D” guruhi uchrashuvlari 2 noyabrda boshlanadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии