O`zbekiston U-19 qizlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralashining ikkinchi turida ham g`alaba qozondi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport
Добавлено: 31.10.2016, 08:24

29 oktyabr kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida kelasi yili Xitoyda bo`lib o`tadigan 19 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichining “B” guruhi ikkinchi tur o`yinlari o`tkazildi.

Ushbu guruhdan o`rin olgan O`zbekiston U19 qizlar terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda Gonkongga qarshi maydonga chiqib, 3:0 hisobidagi yirik g`alabga erishdi.

O`yinning 53-daqiqasida Feruza Boboxo`jaeva hisobni ochgan bo`lsa, Shahnoza Qurbonova 78 va 79-daqiqalarda gol urib,, o`z dublini va O`zbekistonning yirik g`alabasini qayd etdi.

Ta`kidlash kerakki, saralash bosqichining dastlabki o`yinida ham O`zbekiston xuddi shunday hisob bilan Tojikistondan ustun kelgandi.

O`zbekistonning guruhdagi navbatdagi uchrashuvi 31 oktyabr kuni Xitoy Taypeyga qarshi bo`ladi.

U-19 ayollar o`ratsidagi Osiyo chempionati saralashi

O`zbekiston – Gonkong 3 – 0 (0 – 0)

Gollar:  Feruza Boboxo`jaeva (53),  Shahnoza Qurbonova (78, 79)

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии