Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

“Real Madrid” Garet Beyl yangi shartnoma imzolashini ma`lum qildi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport, Real madrid

“Real” klubi rahbariyati hujumchi Garet Beyl bilan shartnoma uzaytirilishi haqida e`lon qildi. Madridliklar uelslik futbolchi bilan 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo`ljallangan shartnoma imzolash borasida kelishib oldilar.

Xabar qilinishicha, dushanba kuni bu borada mahsus matbuot anjumani o`tkaziladi. 27 yoshli Beylning “Qirollik klubi” bilan avvalgi bitimi 2019 yilning yozida o`z nihoyasiga etardi.

Ma`lumot uchun, Garet Beyl 2013 yili Angliyaning “Tottenxem“ klubidan “Real”ga ko`chib o`tgandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии