Moskvadagi xiyobon Islom Karimov nomi bilan ataladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Islom Karimov
Добавлено: 31.10.2016, 12:59

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Yakimanka tumanidagi xiyobon O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan ataladi. Bu haqda Moskva meriyasi sayti xabar bermoqda. 

Mazkur xiyobon O`zbekiston Respublikasi konsullik bo`limi yaqinida joylashgan. 

Konsulxona yaqinidagi nomsiz xiyobonga Islom Karimov nomini berishni so`rab shahar rahbariyatiga Rossiya va O`zbekiston fan, siyosat va san`at arboblari murojaat qildi. Kichik xiyobonga O`zbekiston Birinchi Prezidenti nomini berish to`g`risidagi qaror loyihasi Moskva hukumatining 1 noyabrdagi majlisida ko`rib chiqiladi.

Avvalroq, Moskvada Islom Karimov haykali o`rnatilishi haqida xabar berilgan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии