Shahzoda Muhammedova buvisini Shayx Zayyod ziyoratgohiga Dubayga olib bordi (Foto+Video)

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Shou-biznes, Ayol, Aktrisa, Ona va bola
Добавлено: 01.11.2016, 10:35

Aktrisa Shahzoda Muhammedova ayni damda buvisi va singlisi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida. Sayohatning dastlabki kunlarida Shahzoda hoji buvisini Dubayning eng diqqatga sazovor bo`lgan joylariga olib bordi. Shulardan biri dunyoning eng baland 828 metrli binosi Burj Halifadir. 

Bugun tongda esa aktrisa va uning yaqinlari Abu Dabidagi muqaddas ziyoratgohga yo`l olishdi. Bu haqda Shahzoda shunday deb yozadi:

“Xayrli tong. Biz Abu Dabi shahriga yo`l oldik. Hoji buvimni Shayx Zayyod masjidiga olib ketyapmiz. Hoji buvim shu ziyoratgohni ko`rishlarini juda ham hohlaganim uchun Dubayga olib keldim. Olloh panohida asrasin!”

Mazkur videoda Shahzoda avtomobil boshqarib masjidga yo`l olayotgani aks etgan.








Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии