Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Avtohalokatga uchragan motosiklchi o`lyapman, deb o`ylab video orqali yaqinlari bilan vidolashdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: YTH
Добавлено: 01.11.2016, 10:54

AQShning Texas shtatidagi katta yo`llardan birida avtohalokatga uchragan motosiklchi Kevin Dipenbrok jon taslim qilyapman deb o`ylab, do`stlari va yaqinlari bilan vidolashganini videoga oldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Bu video YouTube kanaliga joylashtirildi, uni besh kun mobaynida 700 mingdan ortiq foydalanuvchi tomosha qilgan. Rolikda Dipenbrok erda yotgan holda yaqinlari, do`stlari bilan vidolashayotganini telefonda videoga olgan: “Bolalar, men sizlarni yaxshi ko`rishimni aytishim kerak. Qanchalar axmoq bo`lganimni endi tushunyapman, meni kechiringlar...”, deydi u videorolikda.

Uni YTHdan bir kun o`tgandan keyin topishgan. Dipenbrokning umurtqasi, qovurg`alari 17 ta joydan singan, o`pkasi lat egan. Yonida bo`lgan do`sti Filipp Polito esa avtofalokat oqibatida halok bo`lgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30