Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekiston termasida to`p surgan Lutfulla To`raev Malayziya chempionatida sovrindor bo`ldi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Futbol, Sport
Добавлено: 01.11.2016, 12:30

Avvalgi hafta Malayziya super-ligasining joriy yilgi mavsumi yakuniga etdi va «Johar Darul Ta`zim» klubi ketma-ket 3-marta mamlakat chempioniga aylandi. Hamyurtimiz Lutfulla To`raevning jamoasi - «Felda Yunayted» esa o`z tarixida ilk bor sovrindorlar qatoriga kirdi - 2-o`rin. 

Xullas, hamyurtimiz Malayziyadagi ilk mavsumida kumush medal sohibiga aylandi. Sirdaryolik futbolchi bu natijaga 16ta o`yinda maydonga tushib, 8ta gol urish asnosida sezilarli hissa qo`shdi. Agarda Lutfulla jarohat sabab, 2 oyni maydon tashqarisida o`tkazib yubormaganida, o`yinlari va tabiiyki, gollari soni ham nisbatan ko`proq bo`lardi. Yana bir hamyurtimiz Oybek Qilichevni o`z safiga chorlagan «Perak» 6-pog`onadan joy oldi. Jamoaga ikkinchi davrada qo`shilgan Oybek 9ta o`yinda ishtirok etdi. 

Sobiq «paxtakorchi» Dilshod Sharofutdinovning klubi - «T-Tim» esa chempionatni 7-o`rinda yakunladi. Sharofutdinov birinchilik davomida 20 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 6 bora ishg`ol qildi. 

"InterFUTBOL" gazetasi

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes