Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

“Inter” jamoasi “PSJ” yarim himoyachisini ko`z ostiga olib qo`ydi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport

Italiyaning “Inter” jamoasi Fransiyaning “PSJ” klubi a`zosi Gjegoj Krixovyak xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Gazzetta dello Sport” nashriga tayanib, “iSport.ua” xabar bermoqda.

Polshalik futbolchi shu yilning yozida “Sevilya”dan parijliklar safiga kelib qo`shilgandi. Ammo asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi.

“Inter” esa ushbu holatdan foydalanib qolmoqchi. Hatto uni qo`lga kiritish uchun Marselo Brozovich va Jeffri Kondogbiyani kelishuvga jalb qilishga tayyor.

Eslatib o`tamiz, Krixovyakning parijliklar bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo`ljallangan. Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi “PSJ”ning 7 o`yinida maydonga tushdi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram