Alyaskalik fuqaro sirli dengiz maxluqini tasvirga oldi(Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 01.11.2016, 16:38

AQShning Alyaska shtatida yashovchi fuqaro mahalliy Chen daryosida 5 metrli sirli maxluqni tasvirga olishga muvaffaq bo`ldi, deb xabar beradi “Vesti”.

Rolik muallifining so`zlariga ko`ra, u fanga noma`lum bo`lgan daryo maxluqini yoki loxnessni suratga olgan.

Kreyg Makkey ismli internet foydalanuvchisi shu vaqtga qadar bunday maxluqni uchratmaganini ma`lum qilgan.

Youtube`da e`lon qilingan kadrlarda suv yuzasida suzib ketayotgan yirik mavjudotni ko`rish mumkin. Biroq, maxluqning batamom suv yuzasiga chiqqani ko`rinmagan. Shuning uchun boshqa internet foydalanuvchilari Makkey bu tasvirlarni qanday tushirgani yuzasidan minglab taxminlarni keltirmoqda.

Mutaxasislarning fikricha, Makkey jonli mavjudotga emas, balki yirik arqonga duch kelgan. Arqonga muz bo`laklari ilakishib qolishi oqibatida u maxluqdek ko`rinish bergan.  

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии