Nasiba Abdullaeva Jahongir Otajonovning kechirimiga javob qaytardi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 01.11.2016, 17:06

28-29 oktyabr kunlari “Istiqlol” san`at saroyida xonanda Jahongir Otajonovning “Kuz gullari” deb nomlangan konsert dasturi bo`lib o`tdi.

Xonanda konsertiga mehmon sifatida taklif etilgan O`zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaevadan kutilmaganda sahnadan turib kechirim so`ragani haqida avvalroq xabar bergan edik. Jahongirning aytishicha uning qaysidir taronasi Nasiba Abdullaevaning taronalaridan biriga o`xshab qolgan.

Xonandaning so`ragan kechirimiga Nasiba Abdullaeva qanday javob bergani bilan “Daryo.uz” nashri qiziqib ko`rdi.

— Bilmadim, Jahongirning o`zi o`xshatgan bo`lishi mumkin, ammo men o`xshashlik sezmadim. Nisbatan xotirjam tabiatimni hisobga olganda, qo`shiqlarimizni bir-biriga o`xshatib bo`lmaydi. Avvalo qo`shiqlar bir-biriga o`xshab qolmagan, o`xshab qolganida ham hech qanday e`tirozim bo`lmasdi. Sababi, bir-biriga o`xshamagan, keraksiz qo`shiqlar ko`payib ketganidan ko`ra yaxshi qo`shiqlarning o`xshash bo`lgani ma`qul, deb o`ylayman.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии