Tojik oligarxining qizi Madina Shokirova o`zining dabdabali hayoti bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi (Foto)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Moda, Ayol, Instagram, Go`zallik
Добавлено: 02.11.2016, 10:50

Madina nikoh to`yida 630 ming dollarlik, brilliant toshlar qadalgan ko`ylak kiyib,  Hermes sumkalar kolleksiyasiga oid qimmatbaho sumkasi bilan Instagram kuzatuvchilarini hayratga soldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net” nashri.

Qiz bolaligidan dabdabali hayot kechirishga o`rgangan. U har yili yangi yilni Dubayning besh yulduzli mehmonxonalarida kutib olish uchun shaxsiy samolyotida uchib boradi. Parijda o`tkaziladigan moda haftaligini o`tkazib yubormaydi, modalar ko`rgazmasiga borishni an`anaga aylantirgan. Bu erda u Gollivud yulduzlari va Vogue jurnali bosh muharriri Anna Vintur bilan ko`rgazma o`tkaziladigan zal o`rindiqlarining birinchi qatorini egallaydi. Qiz Fransiyaning Hermes, Dior, Chanel markalariga va Italiyaning Valentino brendiga tegishli sumka va taqinchoqlarni xush ko`radi. U o`zining Instagram sahifalarida 80 ming dollarlik bilaguzugini, narxi 600 ming dollar bo`lgan tillaqoshlarini,  Hermes brendi sumkalarini, qimmatbaho brilliantlarini ko`z-ko`z qilishdan tortinmaydi.

















Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08