Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Ermatov klublar o`rtasidagi Jahon chempionatiga video takrorlar bo`yicha yordamchi hakam sifatida taklif etildi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Futbol, Sport
Добавлено: 02.11.2016, 11:15

O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 2016 yildagi klublar o`rtasidagi Jahon chempionatida ishlash uchun taklif etildi.

8 – 18 dekabr kunlari bo`lib o`tadigan ushbu musobaqa o`yinlarini boshqarib borish uchun har bir mintaqadan bittadan hakamlar brigadasi jalb etilgan. Osiyo Futbol Konfederasiyasidan Bahraynlik hakam Navof Shukrilla boshchiligidagi hakamlar brigadasi bu turnirda ishlaydi. O`zbekistonlik Ravshan Ermatov ushbu hakamlar brigadasiga video takrorlar bo`yicha yordamchi hakam sifatida kiritilgan.

Ta`kidlash kerakki, FIFA ushbu turnirda ilk bor futbol hakamlari ishini engillashtirish  va qarorlar adolatliligini ta`minlashni mukammallashtirish maqsadida  video takrorlar texnologiyasini amalga tadbiq qilib ko`radi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA