Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Chilida 84 yoshli pensioner zargarlik do`koniga tushgan o`g`rini bir zarba bilan urib yiqitdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

Chililik 84 yoshli pensioner Raul Munos savdo markazidagi zargarlik do`konidan qimmatbaho taqinchoqlarni o`g`irlagan o`g`rini bir zarba bilan qulatdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

Videokuzatuv kamerasida pensionerning o`g`rini chalib yiqitgani va o`zi ham u bilan birga erga qulagani aks etgan. Munosga yordam berish uchun savdo markazi mijozlari va pensionerning rafiqasi shoshilgan. Polisiya kelgunga qadar o`g`ri qo`lga olingan. 

Munos mahalliy telekanalga bergan intervyusida buni g`ayriixtiyoriy tarzda bajarganligini tan olgan. Uning bu qilig`idan rafiqasining jahli chiqqan. Munosning aytishicha, rafiqasi to`rt soat davomida u bilan gaplashmay, jazolagan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии