“Organizmim kalsiyni qabul qilmayapti...”

Бўлимлар: Salomatlik
Теглар: Salomatlik
Добавлено: 03.11.2016, 12:45

–  Oyog`imda og`riy boshlaganidan so`ng shifokorga ko`rindim. U menga kalsiy preparatini buyurdi. Ammo keyingi tahlillar menda kalsiy preparatini qabul qilmaslik holati mavjudligini ko`rsatdi. Ayting-chi, shunaqasi ham bo`lishi mumkinmi?

Odilxon To`ychiev, Jizzax viloyati 

–  Oyoq og`riqlarida hamisha ham kalsiy preparati buyurilavermaydi. Avvaliga qonda kalsiy miqdorini aniqlash lozim. Bundan tashqari suyaklardagi kalsiy miqdorining tahlili – densitometriya tekshiruvi ham tavsiya etiladi. Tibbiy xulosa natijalariga ko`ra, osteoporoz (suyakdagi kalsiy miqdorining etishmasligi) yoki osteopeniya (osteoporozdan oldingi holat) aniqlansa, shundagina kalsiy preparati buyurilishi mumkin. Kalsiy qabul qilinishi belgilanganida ham uni o`zlashtirish uchun qo`shimcha dori vositalari tayinlanadi. Bular D vitamini va bifosfonatlardir. Agar sizda chindan ham kalsiy so`rilishi bilan muammo bo`lsa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashgan holda tibbiy tahlil topshiring. Ehtimol faqat kalsiyning o`zini qabul qilib, qo`shimcha preparatlar qo`llanilmagandir.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08