Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Lola Yo`ldosheva: “Baxtsiz insongina baxt nimaligini anglaydi”

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Lola Yo`ldosheva, Baxt
Добавлено: 03.11.2016, 15:21

Xonanda Lola Yo`ldosheva Instagram`dagi sahifasida yozib qoldirgan fikrlari ko`pchilikning e`tiborini tortdi. 

“Baxtsiz insongina baxt nima ekanligini biladi. Bu gapga to`laligicha qo`shilaman. O`z hayotim davomida uncha ko`p qiyinchilik ko`rmagan bo`lsam-da,  bir qancha to`siqlarga duch kelganman. Men qalb og`rig`i, hafsala pir bo`lishi, qo`rquv nima ekanligini yaxshi bilaman. G`ururni chilparchin qilish, o`zingni qayta tiklash, kechirish, tushunish va ozod etish nima ekanligini bilaman...

Men hayotimda ba`zan uyalishimga sabab bo`ladigan bir qancha xatolarga yo`l qo`ydim. Biroq, hayotda nima bo`lmasin, men hech qachon, hayotimning hech bir kunida o`zimni baxtsiz his etmaganman... Men shunchaki, baxt qadrini bilaman. 

Axir, sevgi va hayot bu bizga berilgan tuhfa, shunchaki ba`zan ko`proq ter to`kishimizga to`g`ri keladi. Qizlar, unutmang hayotingizda nimaiki bo`lmasin, u bir umr davom etmaydi...Baxtli bo`ling...”,—deb yozadi Lola yangi klipi suratga olish jarayoni aks etgan suratni izohlab.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA