Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Germaniya terrorchilar safida jang qilayotgan fuqarolarini mamlakat fuqaroligidan mahrum qilish masalasini ko`rib chiqmoqda

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Terror

GFR ichki ishlar vaziri Tomas de Mezer chet elda terrorchilar safida jang qilayotgan, bir necha mamlakat fuqaroligini olganlarni GFR fuqaroligidan mahrum qilishni taklif qildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

GFR qonunchiligiga binoan, mamlakat fuqarosi fuqarolikdan mahrum etilishi mumkin emas. Hukumat faqatgina mamlakat hududidan chiqarib yuborish uchun shubhali shaxslarning pasportini olib qo`yish huquqiga ega. De Mezer bu amaliyotni terrorchilar safida jang qilayotgan fuqarolarga nisbatan ham qo`llashni taklif etdi. 

Ammo nashrning yozishicha, mazkur Qonun Germaniya aholisini unchalik ham tashvishga solmagan, chunki terrorchilar safida “bor-yo`g`i” 870 nafar Germaniya fuqarosi jang qilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии