Yamalda ulkan muz sharlari paydo bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 04.11.2016, 14:10

Rossiyaning Yamal avtonom respublikasida yuzlab muz sharlari paydo bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Nashrning xabar berishicha, ularning shakli dum-dumaloq bo`lib, 30 santimetrdan yarim metrgacha bo`lgan. Bunday g`alati sharlar Nida posyolkasi yaqinidagi Obskoy guba ko`rfazida paydo bo`lgan.

Olimlarning ma`lumot berishicha, Yamal aholisi juda noyob tabiat hodisasining guvohiga aylanishgan. Kichkina dumaloq muz bo`laklariga shamol ta`sirida to`lqin kelib urilganda ularning ustida yangidan-yangi qavatlar hosil bo`lgan.

Bunday holat ikki yil ilgari Sankt-Peterburg shahrining Fin ko`rfazida ham kuzatilgandi, faqat u sharlarning hajmi 10 santimetr bo`lgan.



Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08