Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Navoiy viloyatining Karmana tumanida akril ipi ishlab chiqarilmoqda

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 04.11.2016, 16:21

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga alohida e`tibor qaratilmoqda, deb yozadi O`zA. 

Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi asosida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar samarasida joriy yilning 9 oyida 347 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ekti tashkil etilib, 4 mingdan ziyod yangi ish o`rni yaratildi.

Karmana tumanidagi “Wool textile” xususiy korxonasida ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo`lgan sifatli akril ipi ishlab chiqarilmoqda. 2009 yilda tashkil etilgan korxona oyiga 10 tonna ana shunday xaridorgir mahsulot tayyorlash quvvatiga ega. 

Korxonaga xomashyo asosan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan etkazib beriladi. 

Ayni paytda korxonada polipropilen ip ishlab chiqarishni o`zlashtirish borasida izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu loyiha amalga oshirilgach, yana 16 nafar yosh mutaxassis ish bilan ta`minlanadi. Yangi mahsulot – polipropilen iplarga to`qimachilik, ayniqsa, gilamdo`zlik sanoatida talab yuqori.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes