Surma — go`zallikning tabiiy siri

Бўлимлар: Lady
Теглар:
Добавлено: 05.11.2016, 19:47

Sharq ayollarining doim tabiiy go`zallik reseptlari bo`lgan. Ulardan biri qadimdan foydalanib kelingan surmadir. Bu qora modda Arabiston yarimoroli va Sharq ayollari tomonidan pardoz vositasi sifatida, ko`z ostiga surish, qovoq uchun bo`yoq, ko`zlarni davolash, shuningdek, Sharqda mashhur ko`zning tashqi burchagiga chiziq tortish uchun qo`llanilgan. Surma bu maydalanib, kastor yog`i bilan aralashtirilgan qora toshdir.

“Daryo” nashri surmaning o`ziga xos xususiyatlari haqida maqola tayyorladi.

«Surma» so`zi turkcha «syurme» so`zidan kelib chiqqan bo`lib, «surish», «qoshlarni qoraytirish» ma`nolarini anglatadi. U nafaqat ko`zlarga ifodalilik bag`ishlab, ularning chiroyiga urg`u beradi, balki ko`rish qobiliyati va ko`z gigienasi uchun juda foydali hisoblanadi.

Surma ko`zlarini mustahkamlash uchun chaqaloqlarga ham suriladi, shuningdek, yomon ko`zdan asrash vositasi sanaladi. Surma quruq yoki turli yog`lar qo`shilgan suyuq shaklda bo`lishi mumkin.

Ko`p yillar avval ko`z uchun surma faqat badavlat ayollarning go`zallik vositasi hisoblangan. Uni xarid qilish oson bo`lmagan, sababi u uzoq mamlakatlardan keltirilib, narxi ham anchagina qimmat bo`lgan.

Zamonaviy kosmetika dunyosi ushbu vositadan cheklovlarsiz foydalanish imkonini beradi. Uni oddiy do`kon va internetdagi kosmetika magazinlaridan bemalol xarid qilish mumkin.

Kosmetika vositalarining juda ko`pligiga qaramasdan, arab go`zallari hamon surmaning turli shakllaridan foydalanib keladi. Hozirgi paytda Eron va Suriyada ishlab chiqarilgan surma juda qadrlanadi.

Siz ham surmadan foydalanasizmi?

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08