Abdulla Oripov seshanba kuni Toshkentda dafn etiladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Toshkent
Добавлено: 07.11.2016, 10:59

2016-yil 5-noyabrga o`tar kechasi Xyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada O`zbekiston Respublikasi Madhiyasi matni muallifi, O`zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov og`ir kasallikdan so`ng 75 yoshida vafot etdi.

Marhumning jasadini O`zbekistonga olib kelishga va o`z vatanida dafn qilishga qaror qilgan Abdulla Oripovning oila a‘zolariga yordam berish uchun O`zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasiga konsullik va boshqa masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko`rish to`g`risida ko`rsatma berildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati. 

Shoir Muhammad Ismoilning Facebook`dagi sahifasida ma`lum qilinishicha, marhumning jasadi ortilgan samolyot Amerikadan bugun soat 20:00 da etib keladi. Abdulla Oripov 8 noyabr, seshanba kuni peshinda poytaxtdagi Chig`atoy qabristoniga dafn etiladi. 

“Darakchi.uz” sayti jamoasi nomidan marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiramiz.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии