Namanganda telefon va pul o`g`rilari hibsga olindi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Jinoyat
Добавлено: 07.11.2016, 16:36

Namangan shahar IIBga Farg`ona viloyati Beshariq tumanida yashovchi 36 yoshli fuqaro murojaat qilib, noma`lum shaxslar shu shaharning 4-mikrorayon hududida unga ochiqdan-ochiq tahdid qilib,  Samsung rusumli qo`l telefoni va 300 AQSh dollarini tortib olib voqea joyidan yashiringanliklarini ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tuman ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida gumonlanuvchilar "issiq izida" qo`lga olindi va ushbu jinoyat to`liq fosh etildi. Aniqlanishicha, mazkur talonchilikni shu shaharda yashovchi ikki nafar yigit sodir etgan. Ushbu holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии