Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Hotamjon Ketmonov aholi bandligini ta`minlash masalasini ilgari surmoqda

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 08.11.2016, 09:20

O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 7 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi. 

Tadbirni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A.Qirg`izboev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili H.Boboxonov yig`ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov o`z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so`zladi. 

Nomzod Toshkentning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o`rni haqida to`xtalib, bugun mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 17 foizga yaqini, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 18 foizdan ortig`i, investisiyalarning 18 foizi, savdo aylanmasining 21 foizi, xizmatlarning 30 foizi, tashqi savdo aylanmasining 37 foizi, eksportning 28 foizdan ziyodi poytaxt hissasiga to`g`ri kelishini ta`kidladi. 

Saylovoldi dasturida poytaxt ahli uchun muhim bo`lgan masala – aholiga kommunal xizmatlar ko`rsatish tariflarining davlat tomonidan tartibga solinishini takomillashtirish orqali kommunal xizmatlar narxlarini maqbullashtirish, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, aholining barcha qatlamlari, avvalo, kam ta`minlanganlarning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning rolini mustahkamlash, eng kam iste`mol xarajatlari standartlarini belgilashga asoslangan zamonaviy mexanizmlarni ishlab chiqish kabi masalalar o`rin olgan. 

Dasturda aholi bandligini ta`minlash, ayniqsa, o`rta maxsus va oliy ta`lim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish, tijorat banklaridan imtiyozli kredit olish tizimini soddalashtirish, turli imtiyozlar berish orqali ish beruvchi va xodim o`rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratilgan. 

Banklarning investisiyaviy loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish, makroiqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, foiz stavkalarini minimal darajada belgilash, muammoli qarzlar yuzaga kelishiga yo`l qo`ymaslik, ochiq va oshkora elektron savdolar yo`nalishini kengaytirish orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tizimini takomillashtirish zarurligi taklif etilgan. 

Uchrashuvda poytaxtimizdagi 44-oilaviy poliklinika bosh shifokori M.Rahmatullaeva, Yunusobod tumanidagi "Oqtepa" mahalla fuqarolar yig`ini raisi N.Jalolov, Olmazor tumanidagi "Akmal Ziyo" xususiy korxonasi rahbari A.Inog`omov va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida fikr bildirib, saylovga tayyorgarlik jarayoni milliy qonunchiligimiz va umume`tirof etilgan xalqaro normalarga muvofiq o`tayotganini ta`kidladi. Saylovchilarni 2016 yil 4 dekabr kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes