O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Toshkentdagi “Chig`atoy” qabristoniga dafn etildi (Foto)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: O`zbekiston
Добавлено: 10.11.2016, 13:21

Bugun O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston qahramoni Abdulla Oripovni vatandoshlari so`nggi manzilga kuzatishdi.

O`zbekiston Davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning vafoti munosabati bilan uning "Do`rmon" ijod uyida miting bo`lib o`tdi. Mitingni O`zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi Muhammad Ali olib bordi. Tadbirda O`zbekiston Prezidenti Bosh maslahatchisi Xayriddin Sultonov, akademik Baxtiyor Nazarov, O`zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidlar so`zga chiqishdi. Miting tugagach Muftiy Usmonxon Alimov Abdulla Oripovning janozasini o`qidi.  

O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovni so`nggi manzilga kuzatish uchun Davlat, adabiyot va san`at arboblari hamda vatandoshlari yig`ilishdi.

Abdulla Oripov Toshkentning «Chig`atoy» qabristoniga dafn etildi. 

Shanba kuni Abdulla Oripovning xotirasiga “Navro`z” restoranida osh beriladi.

Eslatib o`tamiz, Abdulla Oripov 5 noyabr kuni AQShning Texas shtatida og`ir xastalikdan vafot etdi. 














Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08