Davlat Raqobat qo`mitasi alkogol, tamaki va chilim reklamasi uchun javobgarlik haqida ogohlantirdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: O`zbekiston
Добавлено: 10.11.2016, 17:02

Davlat Raqobat qo`mitasi alkogol va tamaki mahsulotlari, jumladan chilim reklamasi uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi, ushbu haqidagi Qo`mitaning ogohlantirish xati faoliyati umumiy ovqatlanish, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqatish bilan bog`liq bo`lgan korxonalarga yuborildi.

Bugungi kunda binoning tashqi qismiga reklama o`rnatish, ijtimoiy tarmoqlar orqali targ`ibot qilish va boshqa usullardan foydalangan holda algokol ichimliklari, tamaki mahsulotlari, jumladan chilimni reklama qilish va ularni iste`mol qilishga chorlash kabi salbiy holatlar uchrab turibdi.

O`zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste`mol qilinishini cheklash to`g`risida”gi Qonuniga muvofiq, alkogol va tamaki mahsulotlarini reklama qilishga yo`l qo`yilmaydi, shuningdek ushbu mahsulotlarni iste`mol qilishni targ`ib etish, ya`ni ularni iste`mol qilishni rag`batlantiruvchi, shaxsda ularni iste`mol qilishning zararsizligi haqidagi tasavvurni shakllantiruvchi g`oyalar, qarashlar hamda badiiy obrazlarni oshkora yoki yashirin shaklda tarqatishga qaratilgan xatti-harakatlar taqiqlanadi.

Afsuski ba`zi bir umumiy ovqatlanish joylari rahbarlari tomonidan iste`molchilarga tamaki va chilim iste`moli uchun sharoit yaratib berilmoqda.

Davlat Raqobat qo`mitasi alkogol va tamaki mahsulotlarini reklama va targ`ibot qiluvchi shaxslar, hamda ularni jamoat joylarida iste`mol qiluvchilar qonunchilikda ko`zda tutilgan tarzda javobgarlikka ega ekanliklari haqida ogohlantiradi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08