Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekistonda grippga qarshi yangi vaksina – «Vaksigrip» ishlab chiqarildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: O`zbekiston, Tibbiyot
Добавлено: 10.11.2016, 23:16

Poytaxtimizda O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi, «O`zfarmsanoat» davlat aksiyadorlik konserni, Fransiyaning «Sanofi» farmasevtika kompaniyasining mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan grippga qarshi yangi vaksina taqdimotiga bag`ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Fransiyaning «Sanofi» kompaniyasining viruslarga qarshi samarali emlash vositalaridan jahon tibbiyotida keng foydalanilmoqda. Jumladan, grippga qarshi qo`llaniladigan preparat xavfsizligi, sifatliligi jihatidan inson salomatligini asrash, gripp epidemiyasiga qarshi kurashda yaxshi samara bermoqda. 

Olimlar va mutaxassislar, ishlab chiqaruvchilar hamkorligida olib borilgan izlanishlar natijasida mazkur vaksinani mamlakatimizda ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Bu loyiha poytaxtimizdagi «Biovaksinalar» mas`uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirildi va yangi preparat «Vaksigrip» nomi ostida muomalaga chiqarildi. 

Tadbirda ma`lum qilinishicha, ushbu hamkorlik loyihalari izchil davom ettirilib, kelgusida turli vaksinalar bilan bir qatorda kardiologiya, endokrinologiya, gastroenterologiya kabi sohalarda qo`llaniladigan dori vositalarini mahalliylashtirish, 2017-2018 yillarda gepatit A va V ga qarshi vaksinalarni O`zbekistonda ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish rejalashtirilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes